Shupo-Moting "Bavariya" asosiy guruhiga qaytdi. U "Manchester Siti"ga qarshi bahsda ishtirok etadimi?

Aslanov Jasurbek
18 apr 2023
"Bavariya" hujumchisi Erik Maksim Shupo-Moting "Manchester Siti"ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, forvard 17 apreldan umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytgan. U so'nggi uch uchrashuvni tizzasidagi muammo tufayli o'tkazib yuborgan edi.

Hujumchining "shaharliklar" bilan bahsda maydonga tushishi so'roq ostida turibdi.

Shupo-Moting joriy mavsum Bundesliganing 18ta uchrashuvida 10ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kicker