Shukurullo Joniqulov: “Rejalarni faqat jamoa rahbarlari hal qilishadi”

Narzulla Saydullayev
17 noya 2016
O'zbekiston Birinchiligining qoldirilgan 24-tur doirasidagi “Kosonsoy”-“Zomin”(2:0) uchrashuvidanso'ng, uchrashuvva mavsum haqidamexmonlar sardori quyidagi fikrlarni bildirdi.

-   Bu yilgi mavsum ham o'z nihoyasiga etdi. Mavsum haqida fikrlariningiz?
-   Bu yilgi musobaqalar juda qiziqarli va murosasiz uchrashuvlarga boy bo'ldi.

-   Sizningcha oldingi yilgi musobaqalar bilan bu yilgisining qanaqa farqlarini bildingiz?
-   Bu yil birinchi bor “Sharq” va “G'arb” mintaqalari birlashishdi. Shu sabab musobaqalar ancha saviyasi baland bo'ldi.

-   Musobaqada jamoaning eng yaxshi uchrashuvi qaysi jamoaga qarshi o'tdi deb o'ylaysiz?
-   O'z maydonimizda “Nurafshon” jamoasiga qarshi.  

-   Jamoaning keyingi yilgi rejalari haqida nima deya olasiz?
-   Musobaqa endi tugadi. Hozircha bir nima deyishim qiyin. Rejalarni faqat jamoa raxbarlari hal qilishadi.

-   Jamoa muxlislari haqida fikringiz?
-   Bu yil jamoa muxlislari oldingi yilga nisbatan ancha faol bo'lishdi. Xox uydagi o'yin bo'ladimi yoki mehmonda bizni uchrashuvning so'ngi daqiqasigacha o'yingohda qo'llab-quvvatlashdi. Bizning jamoa muxlislar uchun o'yinaydi. Barcha muxlislarga raxmat aytaman.

Akmal Raxmatullaev suhbatlashdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia