Shukurov va Shomurodovning jarohati bo'yicha to'liq ma'lumot

Iskandarov Abdulaziz
15 noya 2024
Xabaringiz bor, kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Qatarga qarshi to'p tepdi (2:3).

Mazkur bellashuvda ikki yetakchi futbolchimiz Eldor Shomurodov va Otabek Shukurov jarohat oldi. Yakunda esa ularning ikkisi ham Laosga bormasligi oydinlashdi. Bu borada ularning jarohati haqida to'liq ma'lumot olishga muvaffaq bo'ldik. 


"Muhim o'yinlarda yetakchi futbolchilarning jarohat olishi doimo og'riqli. Ammo bu ham futbolning bir qismi. “Son ichki mushagining qisman uzilishi” tashxisi ila Eldor Shomurodov hamda “tizza bo'g'imi ichki boylamining cho'zilishi” tashxisi qo'yilgan Otabek Shukurovning keyingi o'yinga olib borilmasligi borasida to'g'ri qaror qilindi.

Oston O'runovning reabilitaciya jarayonini o'z nazoratiga olgan assotsiatsiya va tibbiy shtab mazkur futbolchilarni ham tezroq sog'aytirish, shuningdek, shamollashdan keyingi Masharipov va  son mushaklarida toliqish sezgan Turg'unboevni keyingi o'yingacha safga qaytarish uchun zarur chora-tadbirlarni belgilab olgan.

Jarohatdagilarga tezroq sog'ayish, qolganlarga kuch-quvvat tilab, muxlislik qilishda davom etamiz. Barchasi oldinda",- deydi shifokor, O'FA tibbiy qo'mitasi bosh mutaxassisi Abror Pirriev o'zining telegram kanalida. 

Ma'lumot uchun, KXDR bilan uchrashuv 19 noyabr kuni 17:00da boshlanadi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia