

"Kecha O'zbekiston terma jamoasining Xitoy terma jamoasiga qarshi bahsni juda katta hayajon bilan kuzatdik.
Samvel Babayan jamoasi bu safar mag'lub bo'lishga haqqi yo'q edi. Vakillarimiz barchasi yaxshi o'ynashdi, Vatan uchun yurakdan o'ynagan shogirdlarim Eldor Shomurodov va Otabek Shukurovdan mamnunman, ular kecha "Mashal” akademiyasidan porlagan yorqin yulduzlar deb ayta olaman", - deydi Andaev.



