Shuhrat Maqsudov: "Yigitlar o'zlariga bo'lgan ishonchni yo'qotib qo'yishdi"

Aslanov Jasurbek
27 sen 2021
Coca-Cola Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Bunyodkor" (5:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.





- O'yin haqida

- "Nasaf" jamoasini haqli g'alaba bilan tabriklayman. Ular xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda. Bu o'yinlarda ularga omad yor bo'lishini tilayman.

- Mag'lubiyatning sababi nimada deb o'ylaysiz?

- Endi buni dabdurustdan aytish qiyin. Tushunarsiz o'yin ko'rsatdik. Negadir yigitlar uchrashuv boshidanoq sust o'yin ko'rsatishdi. O'zlariga bo'lgan ishonchni yo'qotib qo'yishdi, sababini tushunmadim. 

- Sizningcha, "Nasaf" tarkibidagi eng yaxshi futbolchi kim bo'ldi? 

- Eng yaxshi futbolchi? Bugun "Nasaf"da butun jamoa yaxshi o'ynadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia