“Shtutgart” Mario Gomez bilan birga Bundesligaga qaytdi, “Gamburg”ga esa pley-offga chiqish uchun 1 ochko yetmadi (+jadval)

Eldor Akmurzayev
28 iyun 2020
Bundesliga 2'da ham joriy mavsum o'z yakuniga etdi.

Bilefeldning “Arminiya” klubi musobaqa g'olibiga aylandi va yuqori divizion yo'llanmasiga ega chiqdi. Jamoa so'nggi bor 2008/09 mavsum Bundesligaga ishtirok etgan.

Ko'pchilikka tanish bo'lgan “Shtutgart” 2-o'rin bilan Oliy elitaga qaytdi. Kuchli uchlikdan joy olgan “Xaydenxaym” esa “Verder” bilan pley-off bahsida qatnashadi.

Uchinchi divizonga “Veen”, “Dinamo” tushib ketdi. “Nyurnberg” esa o'tish uchrashuvida ishtirok etadi.

Avvalroq, "Fortuna" va "Paderborn" keyingi mavsumni Bundesliga 2'da boshlashi ma'lum bo'lgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia