Shoxjahon Abbosov: "Joriy mavsumda PRO-Ligada kuchli jamoalar jam bo'lgan, raqobat juda qizg'in bo'lmoqda"

Narzulla Saydullayev
7 avg 2020
Koronavirus pandemiyasi tufayli ayni damda PRO-Liga o'yinlari vaqtincha to'xtatilgan.

Yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib saytimiz muxbirlari PRO-Liga klublari futbolchilari bilan bog'lanib, ularning fikrlarini muxlislarga taqdim etmoqdalar. Quyida "Zomin" klubi yetakchi futbolchilaridan biri Shoxjahon Abbosovning fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.

"Joriy mavsumda PRO-Ligada kuchli jamoalar jam bo'lgan, raqobat juda qizg'in bo'lmoqda. "Zomin" tarkibida kuchli futbolchilar jam bo'lgan. Jamoamiz bosh murabbiyi Jahongir Jiyamurodov va murabbiylar shtabi bizni har bir o'yinga jiddiy hozirlamoqdalar.

PRO-Liga o'yinlarini markazlashtirilgan xolda tashkil etilishi bu futbolchilar orasida virus yuqish xavfini kamaytiradi. O'yinlar orasidagi tanaffus ko'p bo'lmaydi, chempionatning qolgan qismini o'tkazib olishga imkon yaratiladi.

O'tgan mavsumda V PRO-Ligada o'ynagandik, bu yildan PRO-Ligada ishtirok etayapmiz. Bilasizmi, PRO-Ligada 3 ta tur o'tkazdik va o'yinlarning o'tgan yilgidan farqi katta ekanligini ko'rmoqdamiz. Har bir o'yinga astoydil tayyorgarlik ko'rib, mavsum yakunida o'z oldimizdagi vazifalarni uddalaymiz degan umiddaman" - deydi Abbosov.

Bekzod Tolibov yozib oldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia