Angliya terma jamoasi himoyachisi Lyuk Shou Italiyaga qarshi Evro-2020 final o'yinida hisobni ochdi. U uchrashuvning 1 daqiqa 57 soniyasida to'p kiritdi. Shu tariqa, futbolchi Yevropa chempionati finallarida kiritilgan eng tezkor gol muallifiga aylandi.