Shota Arveladze: "Yutishimizga umid qilaman, albatta"

Narzulla Saydullayev
18 sen 2018
"Paxtakor" bosh murabbiyi O'zbekiston Kubogi chorak finalidan oldin uchrashuv xususida savollarimizga javob qaytardi.

- Kubokdagi derbi haqida fikringiz qanday?
- Har joyda kubok sovrin qo'lga kiritish uchun eng qisqa yo'l hisoblanadi. Bu bir o'yindan iborat to'qnashuv sanaladi. Qolaversa, uning derbi ekani bellashuvga bo'lgan qiziqish va uning ahamiyati yanada oshiradi.

- O'yindan nimalar kutmoqdasiz?
- Har doimgidek qiziqarli futbol bo'lishini kutyapman. Yutishimizga umid qilaman, albatta. Biz hozir juda yaxshi holatdamiz, buni barchaga namoyish etishni xohlaymiz. Bellashuvda sodiq ishqibozlarimizni bizni qo'llab-quvvatlashga chaqiramiz. Ular uchun hujumkor futbol ko'rsatishga intilamiz.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz