Shota Arveladze: "Trabzonspor" haqidagi mish-mishlarga javob bermayman"

Sherzod Nurmatov
21 okt 2020
Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "So'g'diyona" (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Shota Arveladze o'z fikrlarini bildirdi.




O'yin haqida

Rostini aytsam, raqib birinchi bo'limda bizga ko'p syurprizlarni taqdim etdi. Qanot himoyachilarimizni bo'sh qoldirdi.

Ikki-uchta yaxshi hujumlarimizni afsuski, gol bilan yakunlay olmadik.

Jamoamizda charchoq alomatlari sezilyapti, lekin yigitlarni to'g'ri tushunaman.

Birinchi bo'limda faol o'ynadik va vaziyatlar ham ko'p bo'ldi.

Alijonovning jismoniy holati haqida

Hamma ham charchaydi. Futbolda hech kim dam olmaydi. Klubda ham, termada ham ter to'kishga to'g'ri keladi, mana shu top-daraja, aslida. Yomon to'pni men ham to'xtata olmayman. Uning jismoniy holatida muammo bor deb o'ylamayman.

"Trabzonspor"dan tushgan taklif haqida

"Trabzonspor" haqidagi mish-mishlarga javob bermayman. Menda amaldagi shartnoma mavjud va klubga, rahbariyatga nisbatan hurmat bor. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia