Shota Arveladze: "Tayyorgarlik jarayonini yaxshi davom ettirmoqdamiz"

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2018
"Amedspor"ga qarshi kechgan nazorat o'yinidan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi jamoaning holati xususida fikrlarini bildirdi.

- Futbolchilar holatini tekshirish uchun nazorat uchrashuvi o'tkazdik. Turli jihatlar ustida ishladik. Hozircha o'yinchilarning qiynalayotgani ko'rinib turibdi, chunki barcha tatildan keyin kelgan va yuklamali mashg'ulotlardan keyin charchoqni his etishmoqda. Ammo jarayon biz xohlagandek davom etmoqda. Bizni kutib turgan uchrashuvlarga munosib tayyorgarlik ko'rishga intilyapmiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz