Shota Arveladze: "Butun o'yin davomida ustunlik biz tomonda bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
12 avg 2018
Superliga 21-tur doirasidagi “Qo'qon-1912” - “Paxtakor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumaning birinchi qismida mehmonlar ustozi Shota Arveladze va “Paxtakor” futbolchisi Sherzod A'zamov ishtirok etishdi.

Shota Arveladze: "Butun o'yin davomida ustunlik biz tomonda bo'ldi. Birinchi taym davomida yaxshi harakat qildik. To'p nazoratini o'zimizda saqlab qoldik. Ikkinchi bo'limda hisobni ochgach, biroz xotirjamlikka berildik. Natijada gol o'tkazib yubordik. Vaziyatni o'nglashga harakat qildik, lekin raqib darvozasini ikkinchi marta ishg'ol qila olmadik. Umuman olganda qiyin o'yin o'tkazdik. Qiyin o'yin bo'ldi.

Azim Ahmedov sariq kartochkasi borligi uchun almashtirdim. U ikkinchi sariq kartochkani olishi xavfi bor edi".

Sherzod A'zamov: "Vaziyatlardan foydalana olmaslik oqibatida ikki ochkodan mahrum bo'ldik. Gol o'tkazib yuborilgan vaziyatda, barchamizni diqqatimiz to'pda bo'ldi va natijada Otaqo'zievni ko'zdan qochirdik".


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz