Shota Arveladze: "Ajoyib maydon uchun "Qizilqum"ga tashakkur bildiraman"

Narzulla Saydullayev
30 iyul 2019
“Qizilqum” – “Paxtakor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Shota Arveladze ishtirok etdi.

- Ajoyib maydon uchun mezbonlarga tashakkur bildiraman. Muxlislarga ham rahmat, kimdir yaxshi o'ynaganda olqishlab qo'yish barchani xursand qiladi.

Birinchi bo'lim boshida tezkor ikki gol urdik. Bo'lim oxirida esa hushyorlikni yo'qotdik va mezbonlarda xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. Uchinchi to'pni kiritganimizdan keyin o'yinni boshqarib, to'pni nazorat qilishga intildik. Bunday havoda bu ancha qulay.

Raqibni jiddiy o'rgangandik. Ular o'tgan turda Namanganda juda yaxshi o'ynab, g'alaba qozonishgandi. "Qizilqum"ga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати