"Sho'rtan": Zukko va ashaddiy muxlislar diqqatiga!

Narzulla Saydullayev
20 iyun 2019
G'uzorning “Sho'rtan” klubi matbuot bo'limi yil boshidan e'tiboran “Bir o'yin tarixi” rukni ostida “Oq bo'rilar”ning tarixiy uchrashuvlaridan lavhalar hamda foto suratlar berib kelishni yo'lga qo'ydi.

Hozirga qadar g'uzorliklarning OFK Kubogidagi turniridan ikkita uchrashuv voqealari yana bir bor yodga olindi. Shu kunlarda mazkur rukn ostida berilayotgan maqolalarning navbatdagisi tayyorlanmoqda.

Undan avval esa klub matbuot bo'limi xodimlari zukko va ashaddiy muxlislarga kichik bir savol topishmoq taqdim etishni maqul ko'rishdi.

Demak, eshiting: ushbu suratda “Oq bo'rilar” jamoasining yulduzli tarkibi jamlangan. Ularning raqamiga qarab ismi-sharifini aniqlang. Ushbu foto nechanchi yil va qaysi uchrashuv oldidan tushirilgan. 



Javoblaringizni “Sho'rtan” PFK rasmiy elektron pochta manziliga (shurtan1994@mail.ru) 22 iyun “Sherdor” - “Sho'rtan” uchrashuviga qadar yuborishingizni so'raymiz.

G'oliblarning ismi-sharifi klub rasmiy telegram kanalida (t.me/shurtanpfc) e'lon qilinadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Шўртан” матбуот хизмати