"Sho'rtan" – Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi sohibi!

Narzulla Saydullayev
17 fev 2024
Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi finalida Qarshi Davlat universiteti jamoasi "Lochin QDU" jamoasi G'uzorning "Sho'rtan" klubi bilan bellashdi.

Keskin kurashlarga boy bo'lgan bellashuvda "Sho'rtan" 3:2 hisobida g'alaba qozondi va ketma-ket ikkinchi bor Qashqadaryo viloyati hokimi kubogini qo'lga kiritdi.

Uchrashuvda g'uzorliklar gollariga Jasur Xolto'raev, Mirjalol Jumaev, Muhriddin Zoirov mualliflik qilishdi.

Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi musobaqasida uchinchi o'rin uchun kurashgan “Sho'rtan” U-19 jamoasi "Nasaf" U-21 jamoasiga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi va turnirning to'rtinchi o'rnini egalladi.


Foto: Abdulla Doniyorov


Viloyat hokimi kubogi musobaqasidagi ishtirokidan so'ng "Sho'rtan" kichik tatilga chiqdi. Jamoa 21 fevral kuni G'uzorda yig'ilib, mavsumga tayyorgarlikni davom ettiradi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Championat.asia