"Sho'rtan" jamoasi yangi avtobus bilan taminlandi

Sherzod Nurmatov
18 sen 2024
So'nggi yillarda mamlakatda millionlar o'yini bo'lgan futbolga alohida e'tibor qaratilib, bu sport turi Respublikaning olis chekkalarida ham rivojlanishiga sabab bo'lmoqda.

"Sho'rtan" futbol klubi ham yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda tumanda futbol sport turini rivojlantirish uchun katta ishlar olib bormoqda.

Kuni-kecha jamoamiz bosh homiysi "Hududgaztaminot" AJ yordami bilan Xitoydan maxsus buyurtma asosida "Sho'rtan" futbol klubi ixtiyoriga yangi avtobus olib kelindi. Ushbu zamonaviy avtobus "Sho'rtan" futbol akademiyasiga topshirildi. Yangi transport vositasi akademiyamizning turli yoshdagi guruhlari, "Sho'rtan-W" qizlar jamoasi va "Sho'rtan" U-19 jamoalarining safardagi bellashuvlariga qatnash uchun qo'shimcha qulaylik yaratadi.



Ushbu zamonaviy avtobus kalitini G'uzor tumani sektor rahbarlari "Sho'rtan" futbol klubi bosh menejeri Shamil Yarulin bilan birgalikda akademiyamiz tarbiyalanuvchilariga topshirdilar.

Ma'lumot uchun, Superligaga chiqishni maqsad qilgan "Sho'rtan" jamoasi Pro liga turnir jadvalida 3-pog'onani egallab turgan bo'lsa, "Sho'rtan" U-19 jamoamiz ham g'arbiy mintaqa jamoalari orasida 3-o'rinni egallab turibdi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Шўртан" матбуот хизмати