"Sho'rtan" futbol klubi bir necha tajribali futbolchilar bilan shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
12 fev 2023
Superligaga qaytishni maqsad qilgan G'uzorning Sho'rtan jamoasi yangi mavsumda Aleksey Evstafeevni bosh murabbiy etib tayinladi.

G'uzorliklar bosh murabbiyi yangi jamoani shakllantirish maqsadida dastlab G'uzorda keyin esa Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini tashkil etdi. O'quv-mashg'ulot yig'ini davomida ko'plab futbolchilar ko'rikdan o'tdi. 

Bugun jamoa bosh menejeri Shamil Yarulin 2023 yilgi futbol mavsumida jamoamizga yordam berishi kutilayotgan tajribali futbolchilar Zafar Polvonov, Shokir Yo'ldoshov, Sardor Telyakov va Jasur Umarovlar bilan shartnoma imzolashdi.

Futbolchilar haqida qisqacha ma'lumot: 

Zafar Polvonov

Tug'ilgan yili: 19.02.1985

Ampluasi: Hujumchi

To'p surgan jamoalari: Nasaf, Sho'rtan, Dinamo, OKMK, Andijon 

Sardor Telyakov

Tug'ilgan yili: 14.01.1994

Ampluasi: Markaziy yarim himoyachi

To'p surgan jamoalari:  Istiqlol (Farg'ona), To'ron, Navbahor

Shokir Yo'ldoshov

Tug'ilgan yili: 20.01.1996

Ampluasi: Yarim himoyachi

To'p surgan jamoalari: Mashal, Sho'rtan, Nasaf, Dinamo

Jasur Umarov

Tug'ilgan yili: 29.03.1998

Ampluasi: Yarim himoyachi

To'p surgan jamoalari: OKMK, Dinamo


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Шўртан" ПФК матбуот хизмати