viloyatimizning oliy ligadagi yana bir vakili – “Nasaf” bilan o'rtoqlik nazorat uchrashuvida maydonga tushishadi. Ushbu uchrashuv Zoir To'raqulov shogirdlari uchun o'ziga xos sinov vazifasini o'tab beradi. Aynan ushbu uchrashuvda g'uzorliklar ustozi o'z qo'li ostidagi yigitlarni jiddiy ko'rikdan o'tkazib olishni rejalashtirmoqda.
Shundan so'ng, jamoa Toshkentga yo'l oladi. 19 iyul kuni “Sho'rtan” futbolchilari O'FF qoshida faoliyat ko'rsatayotgan “Futbol-Med”da tibbiy ko'rikdan o'tishadi. Bosh murabbiyning fikrlariga qaraganda, shu orada yigitlarga ikki kunlik dam beriladi va G'uzorda qisqa yig'in davom ettiriladi. Ikkinchi davra uchun olib borilgan yig'in Toshkentda yakun topadi. “Oq bo'rilar” 25 iyuldan e'tiboran poytaxtdagi “O'zbekiston” mehmonxonasida to'planishadi. Ma'lumki, 4 avgustdan oliy liga ikkinchi davra o'yinlari boshlanadi. “Sho'rtan” Farg'ona safariga aynan Toshkentdan yo'l oladi.
Qarshida o'tkaziladigan o'rtoqlik uchrashuvidan tashqari Zoir To'raqulov shogirdlari poytaxt yig'ini davomida yana ikki bor maydonga tushishlari ko'zda tutilgan. Raqib jamoalar to'g'risida biroz keyinroq xabar qilamiz.