Shomurodovning "Roma"dagi raqobatchisi qishda jamoasini o'zgartirishi mumkin

Mirjalol Normatov
9 noya 2021
"Roma" tarkibida ijarada o'ynayotgan "Real" forvardi Borxa Mayoral qishda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

"DefensaCentral" xabariga ko'ra, Mayoral jamoadan ketishga juda yaqin turibdi. Unga jamoada berilayotgan o'yin amaliyoti kamlik qilmoqda.

Aytilishicha, ayni damda ispaniyalikka "Fiorentina" davogarlik qilmoqda. Florenciyaliklar uni qishda mavsum yakuniga qadar ijaraga olishi mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: DefensaCentral