Shomurodovning "Roma"dagi raqobatchisi Edin Jeko "Inter"ga o'tishga yaqin

Sherzod Nurmatov
8 avg 2021, 20:51
"Roma" forvardi Edin Jeko katta ehtimol bilan "Inter"ga o'tadi.

35 yoshli bosniyalik futbolchi Milan klubi bilan ikki yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, oldinroq xabar berilganidek, "Inter" forvardi Romelu Lukaku "Chelsi"ga 115 million evro evaziga o'tadi.

Edin o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 27 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta assist qayd etgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira