

Eldor Shomurodov 60-daqiqada Jordan Veretuning o'rniga maydonga tushib, 76-daqiqada raqib darvozasini ajoyib tarzda ishg'ol qildi.
Shu tariqa, Eldorning rimliklar safidagi 10 o'yinlik golsiz seriyasi o'z nihoyasiga etdi. U oxirgi marta 19 yanvar kuni Italiya kubogi doirasida “Lechche” (3:1) qarshi o'yinda to'p kiritgandi. Shuningdek, 26 yoshli hujumchi o'tgan yilning dekabridan beri ilk bor A Seriyada gol urdi. 2021 yil 22 dekabrda u “Sampdoriya” (1:1) darvozabonini ojiz qoldirgandi.
Eslatib o'tamiz, Eldor Shomurodov 2021/22 yilgi mavsum Italiya chempionatida 27 bahsda qatnashib, 3+4 natija ko'rsatmoqda.



