

Bahsda hisobni rostovliklar forvardi Eldor Shomurodov ochdi. Shu tariqa, Eldor musobaqa doirasidagi ketma-ket uchinchi o'yinda gol kiritdi. Golli seriya Arsenal (3:2), Ural (2:2) o'yinidan beri davom etib kelmoqda.
Umuman, uning hisobida beshta o'yindan so'ng hozircha 4ta gol bor. Shuningdek, 24 yoshli forvard 1ta golli uzatmaga ham ega. To'purarlar jadvalida esa u peshqadamlar Artem Dzyuba (Zenit) hamda samaraliklar a'zosi Aleksander Sobolevga yetib oldi.




