Shomurodov - "Rostov" - "Spartak" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi

Aslanov Jasurbek
18 apr 2019
"Rostov" klubi rasmiy sayti "Spartak"ga qarshi o'tkazilgan RPLning 23-tur o'yinidan so'ng, bahsning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so'rovnoma o'tkazdi.

"Rostov" Moskva klubini 2:1 hisobida mag'lub etgan edi. O'sha bahsdagi g'alaba to'pi hamyurtimiz Eldor Shomurodov hisobiga yozilgan.

So'rovnoma natijalariga ko'ra, Shomurodov "Rostov" - "Spartak" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia