Shomurodov "Rostov" bilan xayrlashdi. Klub unga atab videorolik tayyorladi, Karpin Eldorga yig'lama dedi

Narzulla Saydullayev
1 okt 2020
"Rostov" klubi Eldor Shomurodov bilan xayrlashuv videosini tayyorladi.

Unda hamyurtimiz klub a'zolari bilan xayrlashayotgani aks etgan. Video so'nggida Eldor "Rostov" muxlislari bilan xayrlashgan.

"Qadrli "Rostov" muxlislari!
Sizlarga qo'llab-quvvatlovingiz uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Men "Rostov"da baxtli edim. Klub hayotimning ajralmas qismiga aylandi.

Gol urganimdan keyingi hissiyotlaringizni yodimda saqlayman. Sizlarga eng yaxshi tilaklarimni tilayman. Klub rahbariyati, murabbiylar shtabi va klub xodimlariga rahmat aytaman. Ular menga ishonishdi. Ularning qo'llab-quvvatlashi hayotimdagi eng muhim holatlardan biri bo'ldi. Hozir oldinga intilishda davom etish vaqti keldi. Ammo bu klubni unutaman degani emas, har doim "Rostov" muxlisi bo'lib qolaman.

Va shuni unutmang - biz "Rostov"!", - deydi Eldor Shomurodov.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia