Shohrux Gadoev faoliyatini vodiy jamoasida boshlashga yaqin

Khoja
4 yanv 2025
OKMKdagi to'rt yillik faoliyatidan so'ng Shohrux Gadoev faoliyatini vodiy jamoasida davom ettirishi mumkin.

Yarim himoyachi yangi mavsumni Neftchida boshlashga yaqin.

Eslatib o'tamiz, 32 yoshli futbolchi 2021 yildan beri OKMK safida harakat qilib kelayotgandi. Yarim himoyachi faoliyati davomida Superligada 172 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 24 ta gol va 13 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia