Shkodran Mustafi: "Germaniya termasiga chaqirishlarini kutmagandim"

Narzulla Saydullayev
1 mar 2014
Germaniya terma jamoasi chorshanba kuni Chiliga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.
Bundestim ustozi Yoaxim Lyov ushbu uchrashuvda ishtirok etuvchi futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

E'tiborga sazovor jihati shundaki, mazkur uchrashuvda ishtirok etishi mumkin bo'lgan futbolchilar qatoridan o'rin olgan to'rt o'yinchi Germaniya termasi tarkibida debyut qilishi mumkin. Bular "Frayburg" himoyachisi Mattias Ginter, bundesliga to'purarlari qatorida borayotgan Pier-Mishel Lazogga, "Augsburg" klubi yarim himoya qo'rg'oni vakili Andre Han va "Sampdoriya" safida to'p tepayotgan Shkodran Mustafilardir.

Ushbu futbolchilar ichida Mustafining bundestim safiga chaqirilgani ko'pchilikni, shu jumladan futbolchining o'zini ham hayron qoldirdi.

- To'g'risini aytsam, meni Germaniya terma jamoasiga chaqirishadi, deb umuman o'ylamagan edim. Birinchidan juda yoshman. Bundan tashqari jamoamning asosiy tarkib futbolchisi sifatida ilk mavsumimni o'tkazayapman. Shunday bo'lsa ham Lyovdan minnatdorman. Ajoyib xislarni boshdan kechirmoqdaman. Ishonamanki, menga bildirilgan ishonchni albatta oqlayman, - dedi kelib chiqishi Albaniyaga borib taqaluvchi futbolchi.

Quyida Germaniya termasining Chiliga qarshi bahsiga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishishingiz mumkin.  

Darvozabonlar:
Manuel Noyer (Bavariya), Roman Vaydenfyoller (Borussiya Dortmund)
Himoyachilar: Jerom Boateng (Bavariya), Mattias Ginter (Frayburg), Kevin Grosskroyc (Borussiya Dortmund), Marsel Yansen (Gamburg), Filip Lam (Bavariya), Shkodran Mustafi (Sampdoriya), Per Mertezaker (Arsenal), Marsel Shmelcer (Borussiya Dortmund)
Yarim himoyachilar: Lars Bender (Bayer), Andre Han (Augsburg), Mario Gyotce, Toni Kroos, Bastian Shvaynshtayger (hammasi Bavariya), Mesut Ozil, Lukash Podolski (ikkalasi Arsenal), Andre Shyurrle (Chelsi), Sidney Sem (Bayer)
Hujumchilar: Pier-Mishel Lazogga (Gamburg), Miroslav Kloze (Lacio)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fussball.de