Shirmonbuloqda futbol bayrami FOTO

Narzulla Saydullayev
14 may 2018
Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi mo'jazgina Shirmonbuloq qishlog'ida “Giyohvandlikka qarshimiz”shiori ostida davraviy chempionat start olgani haqida xabar bergan edik.

9 may kuni ushbu chempionat o'z yakuniga etdi. Mazkur musobaqa yakunida Buloqboshi tuman hokimiyati tomonidan g'olib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar. Qishloq chempionati asoschilaridan biri, Buloqboshi tuman Bolalar- o'smirlar sport maktabi yo'riqchisi Erkin G'ozimatov bu borada yaqindan  yordam berayotgan Buloqboshi tuman hokimiyatiga, Shirmonbuloq qishlog'i futbol fidoyilariga hamda Buloqboshi tuman Bolalar-o'smirlar sport maktabi raxbariyatiga o'z minnatdorchiligini bildirgan xolda, yaqin kelajakda mana shunday ichki chempionatlar o'zbek futboli rivoji uchun xizmat qilishini ta'kidlab o'tdi.

Musobaqa yakuniga ko'ra, birinchi o'rinni “Paxtakor” 79 jamoasi, ikkinchi o'rinni 1983 yilda tavallud topganlardan iborat jamoa, uchunchi o'rinni 1975 yilda tavallud topganlardan tashkil topgan jamoa qo'lga kiritdi.

Quyidagi nominaciyalarda g'olib bo'lganlar ham munosib taqdirlandilar.

Musobaqaning  eng yaxshi o'yinchisi – G'ulomjon Siddiqov
To'purar – Ibroximjon Siddiqov,
Eng yaxshi darvozabon – Sherzod G'oziev
Xalol o'yin sovrini – 1977 yilda tavallud topganlar jamoasi


Ahmadbek  ESHMATOV.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia