Shikka "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari qiziqmoqda

Alisher Ostonov
8 may 2025
"Bayer" forvardi Patrik Shik faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

29 yoshli chexga "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" davogarlik qilmoqda. Hujumchi yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Shik joriy mavsum 43 ta o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol urgan va bitta assist qayd etdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 27 million evroga baholamoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Caught Offside