Shifokorlar Xediraga aniq tashxis qo'ya olishmayapti

Tolibjon Qosimov
20 avg 2013
"Real" yarim himoyachisi Sami Xedira Ispaniya chempionatining 1-turidan o'rin olgan "Betis"ga qarshi o'yinda (2:1) jarohat olgandi, deb xabar bermoqda AS nashri.
Uning chap tizzasi jarohatlangani aniq. Biroq shifokorlar Xediraning bu jarohati qancha muddatda bitishini bilishmayapti. "Betis"ga qarshi o'yinni ertasiga "Real" murabbiylar shtabi Xediraga dam olish imkoniyatini bergandi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru