

Uchrashuv bosh hakami sifatida o'zbekistonlik FIFA referisi Sherzod Qosimov ishlaydi. Unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Timur Gaynullin yordam beradi. To'rtinchi hakam vazifasini Dmitriy Pislegin bajaradi.
Uchrashuv komissari – Pairit Tanpairi (Tayland). Hakamlar nazoratchisi etib iroqlik Kadhum Auda Lazim al-Saidi tayinlandi.
Ma'lumot o'rnida, “Safa” – “Al-Hidd” bellashuvi 3 aprel, dushanba kuni Livan poytaxti Beyrut shahrida bo'lib o'tadi.




