Sherzod Nasrullaev: "Maydon holati chiroyli o'ynashga imkon bermadi"

Aslanov Jasurbek
16 sen 2020
Superliganing navbatdagi turida safarda "Andijon" mehmoni bo'lgan "Nasaf" ortga 1:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytdi.

Uchrashuvdan so'ng o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Sherzod Nasrullaev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin biroz qiyin o'tdi. "Andijon" bizga yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Lekin, bunday maydonda pas o'ynashga qiynaldik. Natijani ushlab qolish uchun oxirigacha harakat qildik. Ha, chiroyli o'ynadik demagan bo'lardim chunki, maydon yaxshi o'yin ko'rsatishga imkon bermadi. Goldan keyin ozgina bo'shashdik. "Andijon" turnir jadvalining so'nggi pog'onasida ketayotganiga qaramasdan ularni yo'qotadigan narsasiy yo'q edi. Shuning hisobiga qo'rqmasdan o'ynashdi, oldinga o'tib ko'pchilik bo'lib hujum uyushtirishdi. G'alaba qozonganimizdan xursandman. Intilishda va mehnat qilishda davom etamiz",- deydi Nasrullaev.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia