Sherzod A'zamov: "Yevropa chempionatida Pike, Ramos va Xummelsning o'yinlariga ko'proq e'tibor qaratmoqchiman"

O'zbekiston terma jamoasi hamda "Nasaf" klubi himoyachisi Sherzod A'zamov Yevropa chempionatida kimga muxlislik qilishi va qaysi futbolchilarni kuzatib borishi borasida qiziqdik.


Sherzod A'zamov himoyachi bo'lgani bois undan ham o'z ampluadoshlaridan qaysi himoyachilarning o'yinlariga ko'proq e'tibor qaratishi haqida so'radik.

- Yevropa chempionatida o'zim yoqtirgan himoya chizig'i vakillaridan Pike, Ramos hamda Xummelsning o'yinlariga ko'proq e'tibor qarataman. Ularning o'yinlari menga yoqadi. Ushbu himoyachilarning harakatlaridan ko'p narsa o'rgansa bo'ladi. Yevropa chempionatida Fransiyaga muxlislik qilaman. G'oliblikka Ispaniya, Germaniya va Fransiya terma jamoalari asosiy davogar. Chempionlikni mezbonlar qo'lga kiritishsa xursand bo'lardim va ich-ichimdan shuni xohlayapman.


Manba: championat.asia