

Bunda albatta himoyachilarning xizmati katta. Sherlar safidagi tajribali himoyachilar Bunyodkor tarkibidagi hujumchilarning gol urishiga yo'l qo'ymadi. So'zimizni tasdiqlagan Sherzod A'zamov shuning barobarida o'zining fikrlarini ham bildirib o'tdi.
“Tezkor gol ishimizni osonlashtirdi. Hammasi oddiy. Biz yaratgan vaziyatlardan unumli foydalandik. Bunyodkor futbolchilari esa o'zlari uyushtirgan hujumlardan naf chiqara olmadi. Menimcha, ularga tajriba yetishmadi. Bunyodkor hali ko'p jamoaga bosh og'riq bo'ladi. Umuman olganda o'yin yoqdi. Faqat ikki omil g'alabamizni taminladi. Yuqorida aytganimdek birinchi daqiqadagi gol va tajriba.
Raqib tarkibida asosan mahalliy yosh futbolchilar jamlangan. Ayniqsa hujum chizig'ida bo'y jihatdan kichik, lekin tezlik bo'yicha yaxshi forvardlarning borligi ancha noqulaylik tug'diradi. Ulardan bundan ham ko'prog'ini kutgandim”,-deydi Sherzod A'zamov.

Video. "Paxtakor" - "Bunyodkor" 5:0. Barcha gollar va xavfli vaziyatlarni tomosha qiling



