Sherki 3 oyga safdan chiqdi

Alisher
8 fev 2022
"Lion" yarim himoyachisi Rayan Sherki "Monako" (0:2)ga qarshi Fransiya chempionati 23-tur doirasidagi o'yinda jarohat oldi.

Francuz klub rasmiy saytining xabar berishicha, 18 yoshli fransiyalik futbolchi jarohati sabab uch oy atrofida maydonga tusha olmaydi.

Sherki 9 fevralda operaciya qilinadi. Tiklanish uchun unga uch oy kerak bo'ladi.

Yarim himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 22ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: ol.fr