

Final bahsida "Liverpul" 2:1 hisobida g'alabaga erishdi.
"Mavsumoldi tayyorgarlikning ikkinchi uchrashuvi futbolchilarning formasiga bog'liq. Birinchi bo'limda ikki jamoa ham yaxshi o'yin ko'rsatdi. Tanaffusdan so'ng bizda yana shunday vaziyatlar bo'ldi, ammo "Liverpul"ning omadi ko'proq keldi.
Umuman olganda ko'nglim to'ldi va futbolchilarim bilan faxrlanaman. Bu bizning Osiyoga ilk safarimiz, ammo jamoa ob-havoga yaxshi ko'nikdi. Hozir "Lester Siti"ning jismoniy holatini yaxshilash kerak" - deydi Shekspir.



