Shekspir: "Lester" "Sanderlend"ga qarshi bahsda o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatmadi"

Aslanov Jasurbek
5 apr 2017, 10:43
"Lester Siti" bosh murabbiyi Kreyg Shekspir APLning 31-turida "Sanderlend" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.

"Biz o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatmadik, ammo asosiysi g'alabaga erishdik. Yaxshiroq o'ynay olishimizni bilaman. Ko'proq ochko to'plamoqchimiz. Chempionlar ligasidagi raqibimiz "Atletiko" borasida suhbat bo'lmadi. Bu mavzuni muhokama qilishni istamadik. Slimani sabr qilishi kerak. So'nggi haftada u kam maydonga tushdi, ammo bugun nimaga qodirligini ko'rsatdi" - deydi Shekspir.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC