"Sheffild"ga qarshi o'yinda "Chelsi"ning eng yomon futbolchisi aniqlandi

Mirjalol Normatov
17 dek 2023
"Sofascore" nashri APLning 17-turi doirasida "Sheffild"ga qarshi o'yin o'tkazgan "Chelsi" futbolchilariga baho qo'yib chiqdi.

Unda eng past baho olgan futbolchi Mixail Mudrik bo'ldi. Unga 6,3 ball qo'yildi.

Ukrainalik futbolchi maydonda 69 daqiqa harakat qildi. Ushbu mavsumda u 16 o'yinda 2tadan gol va assist qayd etdi.

"Chelsi" yanvar oyida "Shaxtyor"dan Mudrikni 70 mln evroga sotib olgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sofascore