"Sheffild"ga qarshi o'yin oldidan "Chelsi" yo'qotishlarni ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
15 dek 2023
"Chelsi" matbuot xizmati "Sheffild"ga qarshi o'yin oldidan tarkibdagi o'zgarishlar haqida ma'lumot berdi.

Qayd etish kerak, Mark Kukurelya, Ris Jeyms va Robert Sanches jarohati sababli dam olish kunlaridagi uchrashuvni o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Kukurelyaning to'pig'ida jarohat aniqlangan. Jeyms esa ushbu hafta yakuniga qadar yana bir marta tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi va tiklanish dasturiga ko'ra shug'ullanishni boshlaydi.

Ayni damda Trevo Chaloba, Ben Chiluell, Uesli Fofana, Noni Madueke kabi futbolchilar tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Romeo Laviya "Chelsi"ning individiual mashg'ulotlariga qaytgan bo'lsa, Kristofer Nkunku va Malo Gyusto to'laqonli tarzda mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: chelseafc.com