Shayx Jassim MYUni sotib olmaydi

Aslanov Jasurbek
14 okt 2023
Shayx Jassim bin Hamad Al Tani "Manchester Yunayted"ni xarid qilmaydigan bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Qatar biznes guruhi Gleyzerlar oilasiga klubning bozor narxidan (3,5 mlrd. dollar) ikki baravar qimmat bo'lgan mablag'ni taqdim etishdi.

Shayx Jassim MYUning 100% akciyalarini xarid qilib, barcha qarzlarini to'lab, qo'shimcha 1,5 mlrd. dollar sarmoya kiritishga tayyor edi. Ammo klubning hozirgi egalari bu taklifni rad etishdi va potensial xaridorlar muzokaralardan voz kechishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano