“Shaxtyor” ustozi: “Real” bizga qarshi 10 ta o'yindan to'qqiztasida g'alaba qozona oladi”

Eldor Akmurzayev
11 okt 2022
YCHL 4-turi doirasida “Real”ga qarshi o'tadigan bugungi bahs oldidan “Shaxtyor” ustozi Igor Yovichevich o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Futbolda imkonsiz narsa yo'q. “Real” bizdan kuchliroq, ular o'nta o'yinning to'qqiztasida “Shaxtyor”ni mag'lub eta olishadi. “Real”ni yutgan kuchsiz jamoalar ham bo'lgan. Bo'lajak bahsda esa buning imkoni bor-yo'qligini tekshirib ko'ramiz”, deydi Yovichevich.

Eslatib o'tamiz, ular o'rtasidagi 3-tur bahsida madridliklar 2:1 hisobida zafar quchgan. Bugungi uchrashuv esa 23:59 da boshlanadi va Varshavadagi “Stadion Voyska Polskogo” stadionida bo'lib o'tadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA