"Shaxtyor" "Sassuolo" himoyachisi Marlonning transferini e'lon qildi

Alisher
22 iyun 2021
"Shaxtyor" "Sassuolo" himoyachisi Marlon bilan shartnoma imzoladi.

2018 yildan Italiya klubida o'ynayotgan futbolchi "Shaxtyor" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Xabarlarga ko'ra, Ukraina klubi braziliyalik uchun 12 million evro atrofida to'lagan. Marlonning "Shaxtyor"ga taklif etilishida bosh tashabbuskor u bilan birga "Sassuolo"da 3 yil ishlagan jamoaning yangi bosh murabbiyi Roberto De Zerbidir.

Marlon o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushdi.

Qayd etish kerakki, Marlon oldin "Barselona B"da ham o'ynagan, ammo asosiy jamoaga kira olmagan edi.


AlisherMuallif
Manba: shakhtar.com