“Shaxtyor” Mudrik uchun 100 mln evro so'ramoqda

Doneck klubi a'zosi Mixail Mudrik qishki transferlar oynasida eng ko'p qiziqishlarga sabab bo'lishi hozirdan ko'zga tashlanmoqda.

21 yoshli ukrainalik futbolchiga yozgi oynada “Brentford”, “Everton” va “Bayer” Leverkuzen kabi jamoalar og'iz solgan edi. Biroq uning joriy mavsumdagi harakatlari bir qator top-klublarning e'tiborini tortdi. “Arsenal”, “Manchester Siti”, “Nyukasl” va PSJ ayni paytda jiddiy raqobatga kirishgan.

Mudrik klub vakillarining aytishicha, o'z poziciyasida faqat PSJ a'zosi Killian Mbappe va “Real Madrid” vingeri Vinisius Juniordan ortda. Shuning uchun uning transferi arzon bo'lmasligi kerak, deyishmoqda ular.

Mudrik ushbu mavsumda Ukraina chempionatida 10 o'yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 6 asist qayd etdi. U joriy mavsumda Chempionlar Ligasida porlagan o'yinchilardan biri bo'ldi va 3 gol urib, 2 ta golga hammualliflik qildi.


Manba: The Athletic