"Shaxtyor" futbolchisi uchun APL klublari kurashadi

Doneckning "Shaxtyor" klubi yarim himoyachisi Manor Solomon qishki transfer oynasida Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin.

Gooner nashrining xabariga ko'ra, 20 yoshli isroillik futbolchining xizmatlariga "Arsenal" va "Lids" klublari qiziqish bildirmoqda.

Solomon joriy mavsum "Shaxtyor" uchun 17 o'yin o'tkazdi (5 gol, 1 assist). Uning ukrain jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha mo'ljallangan.


Manba: Sportanalytic.com