Shaxboz Jumaboev: "Cementchi" uyda uncha-muncha jamoaga ochko ulashmaydi"

Tolibjon Qosimov
30 may 2016
O'zbekiston birinchiligi 12-turidan o'rin olgan "Cementchi" - "UzDongJu" (0:1) bahsidan so'ng "UzDongJu" yarim himoyachisi Shaxboz Jumaboevning fikrlari bilan qiziqdik.

"O'zingiz guvohi bo'ldingiz o'yin ancha shiddatli va murosasiz bahslarga boy tarzda o'tdi. Sababi, "Cementchi" o'z maydonida uncha-muncha raqibga ochko ulashadigan jamoa emas. Biz bu bellashuvga juda yuqori darajada tayyorgalik ko'rgan edik, murabbiylarimizning ko'rsatmalarini to'liq bajargan holda jamoaviy o'yin namoyish etib o'z maqsadimizga erishdik", - deb  aytib o'tdi Jumaboev.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia