Shavkat Saidov: "Nasaf" jamoasiga keyingi o'yinlarda omad tilayman"

Narzulla Saydullayev
27 may 2017
"Metallurg" - "Nasaf" uchrashuvidan keyin ikkala jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
Dastavval mezbonlar jamoa boshlig'i Shavkat Saidov o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

Shavkat Saidov, “Metallurg” FK jamoa boshlig'i: - “Nasaf” mamlakatimizning kuchli jamoalaridan biri. Shu boisdan ham uchrashuvni ikkinchi raqam ostida o'tkazdik. Fursatdan foydalanib, ilk daqiqalardan oxirgi soniyalargacha barcha ko'rsatmalarni a'lo darajada bajargan barcha futbolchilarga minnnatdorchilik bildirmoqchiman. To'p nazorati bo'yicha ustunlik mehmonlar tomonida bo'lsa-da, xavfli vaziyatlarni yaratishda biz ustunlik qildik.

Bugungi g'alaba futbolchilarimiz ruhiyatini ko'tarishga yordam beradi deb ishonaman. Shu tempda uchrashuvlarni davom ettirsak, o'ylaymanki, tez orada o'zimiz uchun ko'ngilsiz bo'lgan pog'onalarni tark etib, yuqoriroqqa ko'tarilib olamiz. “Nasaf” jamoasiga keyingi o'yinlarda omad tilayman, deydi Shavkat Saidov.

"Metallurg" matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia