

"Unda "Metallurg" vice-prezidenti Dilshod Ahmedov ishtirok etdi.
Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Dilshod Ahmedov klub bosh direktorligiga Shavkat Saidov nomzodi tasdiqlanganligini e'lon qildi. Bungacha ushbu vazifani bajarib kelgan Roman Chernikovga minnatdorlik bildirilib, endilikda u sport direktori lavozimiga o'tkazilganligi ma'lum qilindi.

"Metallurg" vice-prezidenti Dilshod Ahmedov eng iqtidorli, ilg'or o'quvchilarni rag'batlantirib borish masalasiga ham alohida to'xtaldi. U shu yilning qishidayoq ikkinchi chorakdan so'ng eng namunali va a'lochi tarbiyalanuvchilarni Moskva shahriga – yetakchi futbol klublari akademiyalariga safarga jo'natish taklifini ilgari surdi. Shuningdek, klub rahbari har yili Madridga 50 nafar tarbiyalanuvchini – "Real" futbol akademiyasiga malaka oshirishga yuborish muddatiga o'zgartirish kiritish masalasini ko'tardi. Kelgusi mavsumdan e'tiboran Ispaniya safari bahor faslida o'tkazilishiga kelishib olindi.

Yig'ilish so'ngida "El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation" futbol akademiyasiga Ispaniyadan kelgan yangi – UEFA pro licenziyasiga ega mutaxassislar tanishtirildi. Koordinator Xesus De La Torre Kuadrado, yo'riqchi yordamchisi Xulian Mexias va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy David Eraslarga yangi kollektivga tez kirishib kyetish va iqtidorli futbolchilarni tarbiyalashdek mas'uliyatli vazifani bajarishda omad va muvaffaqiyat tilandi. Shuning bilan “Metallurg” PFKning kengaytirilgan yig'ilishi o'z ishini yakunladi", – deyiladi Bekobod klubi matbuot xizmati xabarida.



