Shavkat Mullajonov "Al Shaab" klubi bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2016
O'zbekistonlik himoyachi Shavkat Mullajonov faoliyatini BAAda davom ettiradi.

"Shavkat Mullajonov Sharjaning "Al Shaab" klubi bilan shartnoma tuzdi", - deb yozadi futbol agenti Sanat Sharipov tvitterdagi o'z sahifasida. O'tgan mavsumni "Lokomotiv" tarkibida o'tkazgan himoyachi klub bilan qancha muddatga shartnoma tuzgani ma'lum qilinmagan.

Ma'lumot uchun, Mullajonov o'z vaqtida Qatarning "Al Ahli", Saudiya Arabistonining "Al Nassr" va Xitoyning "Liaoning" klublarida faoliyat olib borgan. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia