"Shanxay SIPG" Xitoy Superkubogini qo'lga kiritdi

Aslanov Jasurbek
23 fev 2019
"Shanxay SIPG" hamda "Beyjing Guan" o'rtasidagi Xitoy Superkubogi uchun o'tkazilgan bahs yakuniga etdi.

Uchrashuv 2:0 hisobida shanxayliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. Vang Shenchao va Lyu Venjunlarning gollari "Shanxay SIPG"ga sovrin keltirdi.

Hamyurtimiz Odil Ahmedov ushbu bahsda ishtirok etgani yo'q.

"Shanxay SIPG" - "Beyjing Guan" 2:0

Gollar: Vang Shenchao 62, Lyu Venjun 66.











Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia