"Shanxay SIPG" Odil Ahmedovning goli tufayli g'alabaga erishdi (+VIDEO)

Aslanov Jasurbek
30 mar 2019
"Shanxay SIPG" yarim himoyachisi Odil Ahmedov "Xebey Chayna Forchun"ga qarshi Xitoy Superligasining 3-tur o'yinida gol urib, o'z jamoasining g'alabasini taminladi.

Hamyurtimiz bahsni asosiy tarkibda boshladi. Uchrashuvdagi ilk gol Elkeson hisobiga yozildi. Braziliyalik futbolchi 9-daqiqada hisobni ochdi. Mezbonlar 73-daqiqada hisobni tenglashtirishdi. Ayub Al Kaabi "Xebey"ning goliga mualliflik qildi. Bahs yakunlanishiga 10 daqiqa qolganida Odil Ahmedov gol urib, o'z jamoasining g'alabasini taminladi.


Xitoy Superligasi turnir jadvali bilan tanishing


TAS-IX

 


TAS-IX emas

[instagram]


[/instagram]


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia