“Shandon Lunen” Vagner Lavning klub safiga o'tganligini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
24 iyul 2013
Xitoyning “Shandon Lunen” klubi SSKA hujumchisi Vagner Lavni o'z safiga qo'shib olganligini e'lon qildi.

3 oy davomida bosqichma-bosqich olib borilgan sharnoma shartlari bilan 23 iyulda to'liq kelishib olindi. Hozirda klub braziliyalik futbolchini jamoa o'yinchisi sifatida ro'yxatdan o'tkazayapti, deb xabar beradi klub rasmiy sayti.

Ta'kidlab o'tish kerakki, Xitoy klubining amaldagi bosh murabbiyi serbiyalik mutaxassis Radomich Antich hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, ilgari 29-yoshli Vagner Lav “Palmeyras” va “Flamengo” safida harkat qilgan. SSKA tarkibida Lav 3 marotaba Rossiya chempioni, UEFA Kubogi sohibi va 6 marotaba Rossiya Kubogi sohibi bo'lgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru